› Dispatcher
Yuk topadi, broker bilan narxini kelishib oladi va mashinani boʻsh turgizmaydi.
Ariza qoldirishToshkent · 2 oylik kurs
Toshkentda oʻqiysiz va Amerika yuk tashish kompaniyalari bilan ishlashni oʻrganasiz.
Ingliz tilini bilasiz, lekin u hozirgi ishingizda kerak boʻlmayapti
Oliy maʼlumotsiz yaxshi kasb egallamoqchisiz
Oʻzbekistonda turib xalqaro kompaniya bilan ishlamoqchisiz
Yillab oʻqishga vaqtingiz yoʻq — 2 oyda yangi kasbni oʻrganmoqchisiz
Logistika haqida hech narsa bilmaysiz — noldan boshlaysiz
Oddiy tilda
Amerikada yuklarning katta qismi yuk mashinalarida tashiladi. Har bir mashina ortida uni boshqaradigan odamlar bor. Ular yoʻlda emas, ofisda — kompyuter va telefon orqali ishlaydi.
Ana shu ishni Amerika kompaniyalari endi Oʻzbekistondagi mutaxassislarga ham ishonib topshirmoqda. BoostU sizni aynan shu ishga tayyorlaydi.
Bitta yuk: Chikago → Atlanta
Kursda uchala kasbni ham oʻrganasiz.
Kurs davomiyligi. Har bir darsda nazariya va amaliyot birga.
Dispatcher, Updater va Fleet — bitta karyera tizimida.
Asosiy logistika darslari: Dispatch, Update, Fleet va boshqa mavzular.
Support darslari: har shanba oʻtilgan mavzular amalda mustahkamlanadi.
AQShda yashagan ustoz bilan har yakshanba American English. Amerikalik broker bilan ravon va ishonch bilan gaplashadigan boʻlasiz.
Kirish, oraliq va yakuniy imtihon — bilimingiz har bosqichda tekshiriladi.
8 ta Amerika kompaniyasi, jami 295 ta yuk mashinasi. Barcha imtihonlarni aʼlo topshirgan oʻquvchilar shu kompaniyalarga sinov muddati asosida ishga jalb qilinadi.
Cincinnati, OhioUSDOT 3688109MC 1285564
Mason, OhioUSDOT 2903669MC 977709
Maineville, OhioUSDOT 2366128MC 811340
Cincinnati, OhioUSDOT 3866068MC 1413928
West Chester, OhioUSDOT 3186961MC 132153
Kansas City, MissouriUSDOT 3590337MC 1215872
Cincinnati, OhioUSDOT 3421532MC 1106162Premier Trucking Group biz bilan bitta binoda joylashgan — ekskursiyada ularning ofisini ham koʻrasiz.
Bu kafolatlangan ish emas, balki real ish muhitida oʻzingizni koʻrsatish imkoniyati.
Har bir kompaniya AQSh federal reyestrida (FMCSA) roʻyxatdan oʻtgan — USDOT raqami orqali tekshirish mumkin.
Ochilish marosimi
Ochilish marosimidan qisqa lavhalar. Markazimiz, sinflarimiz va jamoamizni oʻz koʻzingiz bilan koʻring.
Markazni jonli koʻrmoqchimisiz? Bepul ekskursiyaga keling — hammasini koʻrsatamiz.
Bepul ekskursiyaga yozilishOchilish marosimi va Speaking Club’dan lavhalar. Ekskursiyada hammasini oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz.








Har bir kasb haqida qisqa videoni koʻring.
Yuk topadi, broker bilan narxini kelishib oladi va mashinani boʻsh turgizmaydi.
Ariza qoldirishYuk qayerda ekanini doim biladi: haydovchi, broker va kompaniyani xabardor qilib turadi.
Ariza qoldirishMashinalar soz boʻlishini kuzatadi, xarajatlarni nazorat qiladi va kompaniya qoidalarga amal qilishini taʼminlaydi.
Ariza qoldirishLogistika ishida kerak boʻladigan ingliz tili: telefon qoʻngʻiroqlari, broker va haydovchi bilan muzokara.
Hafta davomida oʻrganganingiz real ish vaziyatlarida mustahkamlanadi.
Samsara, Garmin, RingCentral, Amazon Relay, Google Maps va boshqa ish dasturlarida amaliy ishlaysiz.
Mini-oʻyin · 2 daqiqa
Chikagodan Atlantaga bitta yukni yetkazasiz: yoʻlda navbatma-navbat Dispatcher, Updater va Fleet boʻlasiz.
Bosh oʻqituvchimiz Aziz 4 yildan beri logistikadan dars beradi. Uning shogirdlari bugun Amerika logistikasida ishlaydi.

Dispatcher

Dispatcher

Dispatcher

Updater
Ismingiz va telefon raqamingizni yozasiz — bor-yoʻgʻi 1 daqiqa. Soʻng administratorimiz sizga qoʻngʻiroq qiladi.
Markazni, sinflarni va hamkor kompaniya ofisini koʻrasiz. Barcha savollaringizga javob beramiz.
Ingliz tili darajangiz aniqlanadi va siz uchun mos yondashuv tanlanadi. Shundan soʻng — kurs.
Hali qaror qilmadingizmi?
Hamma uchun ochiq. Roʻyxatdan oʻtish ham, toʻlov ham shart emas. BoostU bilan tanishishning eng oson yoʻli.
Vaqtini Telegramda soʻrang →Kirish imtihonida darajangiz aniqlanadi va shunga qarab yondashuv tanlanadi. Kurs davomida til American English darslari va real ish muloqoti orqali rivojlanadi. Lekin bilib qoʻying: hamkor kompaniyalar broker va haydovchi bilan erkin gaplasha oladigan mutaxassisni kutadi.
Yoʻq. Noldan boshlash mumkin. Kerak boʻlgani — ingliz tilida muloqot qila olish (yoki oʻrganishga tayyorlik) va ishga jiddiy munosabat.
Barcha imtihonlarni aʼlo topshirgan oʻquvchilar hamkor logistika kompaniyalariga sinov muddati asosida jalb qilinadi. Bu kafolatlangan ish emas, balki real ish muhitida oʻzingizni koʻrsatish imkoniyati. Ishni boshlaganingizdan keyin ham mentorlik davom etadi.
Asosiy darslar hafta kunlari, aniq jadval guruhga qarab belgilanadi. Shanba kuni — support darsi. Bundan tashqari, yakshanba kuni hamma uchun ochiq bepul Speaking Club boʻladi.
ELD tizimlari, Samsara, Garmin va GPS kuzatuv, Data Truck, Google Maps, Ventusky, RingCentral, Amazon Relay hamda invoys va faktoring vositalari.
Arizani qoldiring — sizni BoostU’ga taklif qilamiz. Markaz bilan tanishasiz, hamkor kompaniyalar haqida bilib olasiz va barcha savollaringizga javob olasiz.